Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
Deputat faoliyati

Tuman Kengashi deputati O.Baxramova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Umarovalar “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅Tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash, ularni tizimli ravishda hal etish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✔️Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

✅Mazkur tashrif mahalladagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholining muammolariga tezkor va samarali yechim topish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4