Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Aholi murojaati – amaliy natija bilan yakun topdi.

Aholi murojaati – amaliy natija bilan yakun topdi.

Mahalla aholisi tomonidan elektr ta’minotidagi uzilishlar, past kuchlanish va transformator qurilmasining nosozligi yuzasidan bildirgan murojaatlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati M.Shernayev tomonidan e’tiborga olinib, masala joyiga chiqib o‘rganildi.

Deputatning bevosita tashabbusi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida mavjud nosoz transformator qurilmasi yangi, zamonaviy va yuqori quvvatli transformatorga almashtirildi.

Ushbu ishlar natijasida mahalla aholisi uchun elektr energiyasining uzluksiz va barqaror ta’minoti tiklandi. Aholi vakillari bu o‘zgarishdan mamnun bo‘lib, hal bo‘lmay kelayotgan muammo nihoyat yechim topgani uchun deputatga minnatdorchilik izhor etdilar.

Deputatning murojaatlarga befarq bo‘lmasdan, masalaga mas’uliyat bilan yondashgani, xalq ishonchini oqlash yo‘lida amaliy harakat qilgani ushbu holatda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Slide 1 of 3