Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Uyma-uy yurib olib borilgan loyiha doirasida deputatning fuqarolar bilan uchrashuvi

Uyma-uy yurib olib borilgan loyiha doirasida deputatning fuqarolar bilan uchrashuvi

Hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholining dard-u tashvishlariga bevosita quloq tutish maqsadida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Dj.Taxchiyeva tashabbusi bilan “Uyma-uy yurib muammolarni aniqlash” loyihasi doirasida mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvlar davomida deputat bevosita xonadonlarga kirib, fuqarolarning turmush sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari, mavjud muammolari bilan tanishdi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar orasida:

• ichki yo‘llarning nosozligi,

• elektr ta’minotidagi uzilishlar,

• ichimlik suvi yetishmovchiligi,

kabi masalalar qayd etildi.

Deputat har bir murojaatni e’tiborga olgan holda deputatlik so‘rovlari yuborilishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topilishi bo‘yicha ish olib borilishini takidladi.

Fuqarolar bunday ochiq va samimiy muloqotlar, e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, ushbu loyihani doimiy davom ettirish taklifini ilgari surdilar.

Deputatning tashabbusi bilan uyma-uy yurib o‘tkazilgan bunday uchrashuvlar aholining davlat idoralari va mahalliy kengashlar faoliyatiga bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4