Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Uchqun Yelmuratov tomonidan “Yo‘lchilar” OFYda “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda turgan 24 ta xonadon vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, oilaviy sharoiti, bandligi, ijtimoiy ehtiyojlari hamda mavjud muammo va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalarning ayrimlari yuzasidan joyida amaliy yechimlar belgilandi.
📌 Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar ushbu oilalar a’zolarining aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tumandagi mavjud sanoat korxonalariga ishga joylashtirilgan.
🔹 Ayzat Sandibayeva 5-maktabga xizmatchi vazifasiga ishga qabul qilindi.
🔹 Hamshiralik diplomiga ega Mavjuda Nazarovaga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritishi uchun qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarida o‘qish tavsiya etildi.
🔹 Mehrigul Dilmurodova va Gulnur Po‘latovaning ish stavkasini oshirish bo‘yicha murojaatlari qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.
🔹 2-guruh nogironi Kunsulu Otabayevaga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora belgilandi.
🔹 Nodira Farmonovaning farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga imtiyoz asosida qabul qilish masalasi hal etildi.
🔹 Payvandlovchi mutaxassisligiga ega Nazirjon Hamroyevga SHKBga kvota asosida ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
💧 Infratuzilma masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Jumladan, “Shukrona” ko‘chasiga ichimlik suvi quvurlarini tortish bo‘yicha bildirilgan taklif yuzasidan tuman hokimi mas’ullarga muammoni atroflicha o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
📍 Mazkur uchrashuvda aholi bandligini ta’minlash, kasbiy tayyorgarlikni oshirish, farzandlarni maktabgacha ta’limga qamrab olish, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash kabi muhim masalalar yuzasidan aniq va amaliy choralar belgilandi.