35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_doimiy_komissiya_faoliyati Prezident qarori ijrosi yuzasidan hisobot eshitildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi Aholi yashash sharoitlarini yaxshilashda deputatlik nazorati va hamkorlik
янв.21
#_162_ta_qonun_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi #_Kengash_ish_rejasi_ijrosi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashda deputatlar hamkorligi kuchaytirilmoqda
янв.21
#_doimiy_komissiya_faoliyati “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Alisher Navoiy mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Paxta terimida faol fuqarolar rag‘batlantirildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Yangi Hayot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Yangihayot mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
#_doimiy_komissiya_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi yordamchilari ishtirok etib, mahallalarda korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan ham fikr almashildi. Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan.

Unda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5