35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Navbatdagi fuqarolar qabul o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
#_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati Bolajonlar tabassumi — barchamizning eng ulug‘ maqsadimiz!
янв.21
#_biriktirilgan_tashkilot #_deputat_faoliyati Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla obodligi — deputat nazoratida
янв.21
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Sessiya oldidan masalalar va fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
янв.21
#_162_ta_qonun Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
янв.21
12-avgust — Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni!
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Mahmud Hamroqulov tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida “Eski shahar” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

🔎 Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹 yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish;
🔹 yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish hamda davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish;
🔹 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
🔹 ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash;
🔹 uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan amaliy ishlar;
🔹 o‘quv kurslari, kasb-hunarga o‘qitish va bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha loyihalar natijadorligi.

🔎 Jarayonda mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar asosida hududdagi mavjud holat atroflicha o‘rganildi. Xususan, yoshlar bandligi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sport va bolalar maydonchalari, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, ichki yo‘llar va tungi yoritish, kommunal xizmatlar, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat transporti, obodonlashtirish hamda jamoat xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar hamda ma'sullar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat Mahmud Hamroqulovning “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda muammolarga amaliy yechim topish belgilandi.

🤝 Shuningdek, yoshlar yetakchisi bilan mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolarini manzilli hal etish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 5