12-avgust — Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni!
Hurmatli davlat soliq xizmati organlari xodimlari!
Sizlarni 12-avgust — Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi nomidan samimiy muborakbod etadi!
Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish hamda fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda soliq xizmati xodimlarining mas’uliyatli mehnati alohida ahamiyatga ega.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan ezgu faoliyatingiz tahsinga loyiq.
Fursatdan foydalanib, barcha soha xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿
Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi