Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni (№265-I, Qabul qilingan sana 29.08.1996) ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib bordi.
🏥 O‘rganish ishlari deputatning o‘zi saylangan “Sarayko‘l” OFY 6-Sarayko‘l saylov okrugi hududidagi Oilaviy shifokorlik punktida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi bilan birgalikda amalga oshirildi.
🔍 Tashrif davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
👥 Shuningdek, mas’ul tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, mavjud sharoitlar va fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 O‘rganish yakunida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, zarur dori vositalari bilan ta’minlash va fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Aholi salomatligini muhofaza qilish — joylardagi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.