#_24_ta_masala
#_deputat_faoliyati
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
Sariosiyo tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi 2 ta hamda tanlab olingan 13 ta og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, hududlarda piyodalar yo‘laklarini qurish, artezian quduqlari qazish, yangi elektr ustunlarini o‘rnatish, beton ariqlar barpo etish hamda loyihalarda belgilangan boshqa qator bunyodkorlik ishlari izchil amalga oshirilmoqda.