35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Navbatdagi fuqarolar qabul o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
#_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati Bolajonlar tabassumi — barchamizning eng ulug‘ maqsadimiz!
янв.21
#_biriktirilgan_tashkilot #_deputat_faoliyati Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla obodligi — deputat nazoratida
янв.21
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Sessiya oldidan masalalar va fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
янв.21
#_162_ta_qonun Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
янв.21
12-avgust — Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni!
Deputat so‘roviga javob: elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

Deputat so‘roviga javob: elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Kazakov Maxsud Asredinovichning deputatlik so‘rovi yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti tomonidan javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan To‘qboy mahallasi hududida joylashgan TP-2971 transformator punktida yuklama oshib ketgani hamda qo‘shimcha transformator o‘rnatish masalasi o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilar soni ortgani va transformator punktining yuqori yuklama bilan ishlayotganini inobatga olgan holda, 2026-yilda tuman hokimligining infratuzilma jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur hududga qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish rejalashtirilgan.

Aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.