#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati Deputat tomonidan uyma-uy yurib fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati Deputat tomonidan uyma-uy yurib fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashining “15-Telpakchinor" saylov okrugidan saylangan deputat N.Xamdamova saylov okrugi hududida uyma-uy yurib fuqarolar murojaatlarini o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida "Terakzor" mahalla fuqarolar yig‘ini Telpakchinor qishlog‘i Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro T.Sanginov va Jarabod qishlog‘i Tinchlik ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.Qo‘chqorovalarning hududni obodonlashtirish borasidagi murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Bunday o‘rganishlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, ularga amaliy yechim topish, shuningdek, aholi bilan ochiq, samarali va tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.