35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #_24_ta_masala "Niholzor" mahallasida ustuvor 24 yo‘nalish doirasida o‘rganish ishlari va fuqarolar qabuli olib borildi
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #162_ta_qonun
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati Deputat tomonidan uyma-uy yurib fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #162_ta_qonun #_24_ta_masala Ijtimoiy himoya va Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun — fuqarolar huquqlarining kafolati
янв.21
#_deputat_faoliyati Mahallalarda obodonlashtirish ishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Hashar — ezgulik va hamjihatlik timsoli
янв.21
#_Huquqiy_axborot_soati
янв.21
#_deputat_faoliyati Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida
янв.21
Mahallani obod etish — barchamizning umumiy mas'uliyatimiz
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida "Marhabo" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan TPS-835 transformator punkti binosining tom qismidan yog‘ingarchilik vaqtida suv o‘tayotgani aniqlandi. Mazkur holat transformator punktining texnik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, elektr ta’minoti tizimining ishonchli ishlashiga xavf tug‘dirishi hamda kelgusida nosozliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Deputat so‘rovida transformator punkti binosining tom qismini mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirish, zarur ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda amalga oshirish hamda elektr ta’minoti tizimining xavfsiz va uzluksiz faoliyatini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Elektr ta’minoti infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi