Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Deputat tashabbusi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevichning tashabbusi bilan “Darband” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga kirish qismida joylashgan, piyodalar hamda avtotransport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan zovur ustidagi ko‘prikning yon tomonlariga hashar yo‘li bilan himoya to‘siqlari o‘rnatildi.

Mazkur xayrli tashabbus mahalla faollari, homiylar va fuqarolarning hamjihatligida amalga oshirilib, aholi xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar va keksalarning harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qildi.

Hududda amalga oshirilayotgan bunday obodonlashtirish ishlari mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish hamda aholi o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4