Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi doirasida tuman ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishda ta’lim tizimi asosiy drayver sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan hamda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshshlar maslahat guruhi a’zolari hamkorligida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida strategiya ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda o‘rganildi.

Ta’lim sifatini oshirish orqali aholi farovonligiga hissa qo‘shish yo‘nalishida ham muhim natijalar qayd etildi. Xususan, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, yangi guruhlarni tashkil etish hamda mavjud muassasalarning quvvatini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgan. Umumta’lim maktablarida esa ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish hamda natijadorlikni kuchaytirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, o‘quvchilarning fan olimpiadalari, respublika va xalqaro tanlovlardagi ishtiroki kengayib borayotgani, bu esa ta’lim sifatining oshayotganidan dalolat berishi qayd etildi. Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish, elektron platformalardan foydalanish hamda interaktiv metodlarni keng tatbiq etish jarayonlari ham izchil davom etmoqda. Xorijiy tillar va IT yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus to‘garaklar va qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

Ijtimoiy farovonlikka ta’sir nuqtayi nazaridan ta’lim xizmatlari sifatining oshishi aholining qoniqish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani kuzatilmoqda. Ota-onalar bilan ochiq muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi oshirilgan. Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash borasida ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan, ularni bartaraf etish bo‘yicha deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 5