Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Mazkur uchrashuv davomida deputat tomonidan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, ta’lim sohasidagi yangiliklar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Uchrashuv yoshlarning huquqiy ongini oshirish va ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 2