Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

KotibiyatQabulida

 KotibiyatQabulida 

🔹 Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri va bosh mutaxassisi Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonovalar Avval MFYda istiqomat qiluvchi
fuqaro O.X.ning ijtimoiy qiyinchiliklar yuzasidan amaliy yordam so‘ragan murojaatiga
shaxsan e’tibor qaratdilar. 

🔹 Suhbatda fuqaro o‘zi va
turmush o‘rtog‘i ishga yaroqsiz ekanliklarini ma’lum qildi, shuningdek farzand va
kelini ham ishsiz; nafaqa puliga yashashi bois oila ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda.
Farzandning og‘ir va doimiy mehnatga yaroqsizligi esa onasi tomonidan tasdiqlandi. 

🔹 kotibiyat mas’ullari tomonidan
kelinni ish bilan ta’minlash uchun malaka oshirish institutida 3 oylik ta’lim olishi,
farzandning holati inobatga olingan holda uyda o‘zini band qilish, hokim yordamchisi
orqali kam foizli kredit olish va chorvachilik bilan shug‘ullanish yo‘llari batafsil
tushuntirildi. 

🔹 Ushbu chora-tadbirlar nafaqat
oilani ijtimoiy qiyinchilikdan chiqarish, balki aholi turmushini yaxshilash va jamiyatda
barqarorlikni ta’minlashda deputatlik faoliyatining amaliy va ishonarli natijasi
sifatida ahamiyat kasb etadi. 

   

Slide 1 of 5