Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining o‘tkazilgan yig‘ilishida tuman hokimligining Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Muhammadiyevning tumanda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsum yakunlariga koʻra “Openbudget.uz” portalida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish toʻgʻrisidagi axboroti dastlabki tarzda atroflicha koʻrib chiqildi.
“Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2026-yil 1-mavsum yakuni boʻyicha tumanda jami 10 ta loyiha eng koʻp ovoz olishi natijasida “Openbudget.uz” portalida avtomatik tarzda gʻolib deb topilib, ushbu loyihalar qiymati 11 871,9 mln.soʻmni tashkil etdi.
Mazkur masala bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.