Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#deputat_hududlarda #mahalla_yettiligi #deputatlik_nazorati #deputatlik_faoliyat

#deputat_hududlarda #mahalla_yettiligi #deputatlik_nazorati #deputatlik_faoliyat

Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati S.Avazov tomonidan "Shohjahon" mahallasi “mahalla yettiligi”ning ish faoliyati o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli ishtirokida hududdagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

Deputat tomonidan mahalla “yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4