Жаңалықлар

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Avazov "Nilova" MFYsidagi yettilik faoliyati bilan tanishdi.

Yettilik bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Yettilikning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq rejalar tuzildi. Qaysi masala qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi. 

 Xususan, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbus va loyihalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Slide 1 of 2