“Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati M.Zaripova a o'z saylov okrugidagi "Gulobod" mahallasida bo'ldi
Tumandagi "Gulobod" mahallasi yettiligi bilan birgalikda mahallaning umumiy ahvoli, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xodim tomonidan ko'rsatilyotgan xizmatlar holati va ularga ko‘maklashish borasidagi ishlar, mahalladagi ishsiz fuqarolarga ish topishda yordam ko‘rsatish hamda ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish orqali ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlari holati o'rganildi.
Mahalla aholisi tomonidan bildirilgan mavjud muammolarning ijobiy yechimini ta'minlash maqsadida, tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi.