14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan!
Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Chorshanbiyeva boshchiligida tumandagi 39501-sonli harbiy qism hodimlari, o'quvchilar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Armiya — bu faqat qurol-yarog‘ emas. Bu — mustahkam iroda, burchga sadoqat va yurakdagi Vatan muhabbatidir. Qudratli armiya — mustaqil davlatning ishonchli tayanchi, tinchlik va barqarorlikning mustahkam kafolatidir. Vatanni himoya qilish — oddiy kasb emas, balki sharafli burch va yurak tanlovidir. Yurt xavfsizligi yo‘lida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi — mamlakatimizning qalqoni.