Mahalla aholisi uchun tibbiy yordam ko’rsatish masalasi 17-Bog’isaydon saylov okrugi deputati H.Aslonov hamda Halq deputatlar Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Tog’ayevlar e’tiborida bo’lib, bu yo’nalishda tizimli nazorat olib borildi. Aholiga zarur davolash va profilaktik tibbiy xizmatlar o’z vaqtida va yuqori sifatda taqdim etilishi uchun barcha choralar ko’rildi.
Tadbir davomida deputat mahalladagi tibbiyot muassasalari faoliyatini, shifokorlar va hamshiralar xizmat ko’rsatish darajasini, shuningdek dorixona va laboratoriyalar bilan ta’minlanish holatini bevosita ko’zdan kechirdi.
Deputatning nazorati aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish va aholiga ishonch hosil qilish maqsadida olib borildi. Mahalla aholisi bu tadbirlardan mamnun ekanliklarini bildirdi va tibbiy yordam sifati yanada yaxshilanishiga umid bildirdilar.