Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Aholiga sifatli tibbiy yordam ko’rsatish deputat nazoratida. Aholiga zarur davolash va profilaktik tibbiy xizmatlar o’z vaqtida va yuqori sifatda taqdim etilishi uchun barcha choralar ko’rildi.
янв.21
Hazortut MFYda chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish deputat nazoratida. Mahalla aholisi uchun toza, sog’lom va obod muhit yaratish, sanitariya holatini muntazam nazoratga olindi.
янв.21
Mahalladagi tarixiy boyliklar holati deputat e'tiborida. Azizon mahallaning boy ma’naviy merosini saqlash, uning tarixi va qadriyatlarini keng targ’ib qilish, shuningdek, fidoiy insonlarning jamiyat taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasini munosib baholandi .
янв.21
Mahallada yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o’rganildi. Yoshlarning ijtimoiy faolligini ta’minlash, ularni ta’lim, sport, ma’naviy tarbiya va kasb-hunar sohalarida qo’llab-quvvatlash masalalari e’tiborda.
янв.21
Xotin-qizlar masalalari deputat nazoratida ko’rib chiqildi. Ayollarning ijtimoiy faolligi, bandligi va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
SARBO‘STONDA SUMALAK SAYLI Tuman Kengashi deputatlari Feruzaxon Cho‘liyeva, Maxfirat Atoyeva, kotibiyat xodimi Gulruh Soliyevalar sayl mehmoni.
янв.21
Bolalar uchun sport zallar holati deputat nazoratida. Bolalarning sog’lom, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol bo’lib voyaga yetishida sportning ahamiyati beqiyos.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestr” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596-sonli qarori asosan tumanda jami "Ijtimoiy himoya yagona reyestr"ga kiritishni, tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ko'rib chiqdi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda xavfsizlik holati deputat tomonidan o’rganildi. Aholining tinch va osuda hayotini ta’minlash, xavfsiz yashash muhitini yanada mustahkamlash maqsadida ko’p qavatli uylardagi xavfsizlik holati yaxshilandi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi. 14-O'zbtkiston saylov okrugi deputati F.Cho'liyeva o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 15-Navoiy okrugi deputati Q.Abduqodirov hamda Bog'bon MFY hududidagi mahalla faollari ishtirokida aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Bog'bon MFYdagi Oqqo‘rgonlik va Uchtom ko‘chalari hududida sizot suv tarmoqlarida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar aniqlanib, mavjud holat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. 

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, muammolarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Mazkur masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va hududdagi infratuzilma holatini yaxshilash ustuvor vazifa etib belgilandi.

Slide 1 of 5