Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi, deputat Doniyor Yusupov hamda deputat Navruz Alimov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tuman davlat kadastr bo‘limida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash holati, raqamlashtirish jarayonlari hamda korrupsion xavflarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tizimda mavjud ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar berilishi belgilab olindi.
O‘rganish yakunida sohada ochiqlik, qonuniylik va hisobdorlik tamoyillarini yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.