#Kengash_sessiyalariga_oid
Tumandagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati, tumanda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi
✍️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-27-64-7-100-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan tegishli mas'ullatga quyidagi vazifalar yuklatildi.
-tumandagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash borasida 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifa va rejalarni bajarish;
-umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish,
ta’mirlash bo‘yicha rejalar ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
-avtomobil yo‘llari va undagi ko‘priklarga kompleks xizmat ko‘rsatish va ularni tegishli texnik holatda saqlash hamda o‘tkazish qobiliyatini oshirib borish;
-yo‘llarda uzluksiz va xavf-xatarsiz transport qatnovini ta’minlash uchun muntazam yo‘l xizmatlarini tashkil etib borish;
-tasarrufidagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llari himoya hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini muntazam tashkil qilish, kuz va bahor mavsumlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish ishlarini tashkil qilish;
-yoʻl harakatini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil yoʻllari infratuzilmasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida rivojlantirish va yoʻl harakati ishtirokchilari uchun yuqori darajada qulaylik yaratish va boshqa vazifalar.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|