Жаңалықлар

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Olmazor tajribasi” asosida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, shaharning bir qator ko‘chalarida 24/7 xizmat ko‘rsatish hududlari tashkil etilib, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun infratuzilma yaxshilanadi.
Shuningdek, bo‘sh bino va yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish hamda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish belgilandi. Reja doirasida yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilib, kambag‘al oilalarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Doimiy komissiya tomonidan loyihalar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi va natijalar xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 7