Жаңалықлар

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 9-“Vatan” saylov okrugidan saylangan deputati Mirzayev M.X. o‘z saylov okrugi hududida bo‘lib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazdi hamda hududdagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish davomida deputat hududdagi 26-maktabda bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy imtihon jarayonlarini kuzatdi. U o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilab, ta’lim sohasida yaratilayotgan sharoitlar va yoshlarning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Shuningdek, deputat mahalla “yettiligi” tarkibidagi ayrim mas’ul xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholini qiynab kelayotgan muammolar, infratuzilma masalalari hamda fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda hududni yanada obod qilish, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalladagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqoti va joylarda olib borayotgan o‘rganish ishlari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4