Жаңалықлар

DEPUTAT NAZORATI

Joriy yilning 15-mart kuni Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati R.Tashpulatov tomonidan “Birlashgan” MFYda jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda deputat Birlashgan mahalladagi mavjud muammo va yechimini kutib yotgan masalalar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida deputat “Birlashgan” MFY profilaktik ro‘yxatda turuvchi shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlashib, muammolarini tingladi. Ularning qayta jinoyat sodir etmasligi, ijtimoiy hayotga moslashuvi hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilar bilan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3