Жаңалықлар

Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda

Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda

 📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 27-sessiyasida tasdiqlangan “Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo'yicha 2026-yil uchun manzilli ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida”gi qaror ijrosini ta'minlash hamda uning samaradorligini joylarda o'rganish maqsadida Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

  ⏺ Deputat o‘z saylov okrugiga kiruvchi "Qoryog‘di" mahallasi hududida amalga oshirilayotgan asfalt qoplamasi ishlari bilan bevosita tanishdi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur qaror asosida mahalladagi bir qator ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, ular aniq manzilli ro‘yxat asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 🧮 Xususan, Peshqadam ko‘chasining umumiy 3600 kv.m maydonidan yaroqsiz holga kelgan 500 kv.m qismi 44 mln. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlanishi belgilangan. Shuningdek, Qoryog‘di ko‘chasida umumiy 5400 kv.m maydonning 1000 kv.m qismi uchun 88 mln. so‘m, Yakdil ko‘chasida 5400 kv.m maydonning 500 kv.m qismi uchun 44 mln. so‘m hamda Sadoqat ko‘chasida 4500 kv.m maydonning 800 kv.m qismi uchun 70,4 mln. so‘m miqdorida mablag' ajratilib, asfalt qoplamasi yotqizilishi ko'zda tutilgan.

 ↗️ Umuman olganda, mazkur mahalla hududidagi ichki yo‘llarni yaxshilash uchun 246 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu aholi uchun qulay transport infratuzilmasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

 💬 Deputat tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi vakillari ko‘p yillardan buyon yechimini kutib kelayotgan muammolar aynan deputatlar aralashuvi orqali bosqichma-bosqich hal etilayotganini, bu esa murojaatlarning manziliga yetib borishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

 📊 Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, manzilli dasturlar asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari nafaqat hududiy muammolarni bartaraf etish, balki aholining turmush sifatini oshirish, transport qatnovini yengillashtirish va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, deputatlik nazorati va jamoatchilik ishtiroki uyg‘unligi mazkur jarayonlarning shaffof va samarali amalga oshirilishini ta’minlayotgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 6