Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi ”ning 2025-yil 14-iyulda navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibiga 3 ta masala kiritilgan bo'lib:
1. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-aprelidagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan tuman hokimlarining hisobotlarini eshitib borish to‘g‘risida”gi KQ-334-VI-sonli qarori asosida 2025-yil II-choragi yakunlari bo‘yicha tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Safarqulovning hisoboti haqida.
2. Jarqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yil II chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan shakillangan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi huzurida tashkil qilingan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish” to‘g‘risida.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi