Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAHALLALARDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash borasida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zLiDePdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Kazakov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonovlar “Chordara” MFYda bo‘lib, amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodim o‘rtasidagi hamkorlik darajasi hamda aholi muammolarini joyida hal etish tizimi ko‘zdan kechirildi.
Faollari va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud masalalarni deputatlik nazorati doirasida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi

Slide 1 of 3