Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi


Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish va muhokama etish maqsadida tegishli doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, ekspertlar guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari, shuningdek, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlash hamda suv yetkazib berish tizimining samaradorligini oshirish borasidagi Oltinsoy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori hisoboti bo‘ldi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar umumlashtirilib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5