Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mahalladagi muammolar o‘rganildi

O'zLiDePdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonovlar tomonidan 2-Boyovul saylov okrugi Durunki MFY Cho'lpon ko'chasidagi aholi bilan uchrashuv tashkil etilib, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari, yo‘l va kommunal sohalardagi mavjud muammolar hamda aholini tashvishga solayotgan boshqa masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi murojaatlarini hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3