Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Kazakov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonov va Ekologik partiyasi rahbari M.Sadullayevlar tomonidan 1-Navoiy saylov okrugi "Chordara" mahallasidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilot binosining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3