Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash Kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov, 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi, shuningdek, Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov tomonidan tuman Davlat xizmatlari bo‘limida savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad amaldagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, ilgari berilgan deputatlik tavsiyalarining bajarilish holatini tahlil qilish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
·Qonun hujjatlari ijrosi: tegishli sohada amaldagi 162 ta qonun hujjati ijrosining ta’minlanishi va ularning amaliyotdagi natijadorligi;
·24 ta tavsiya ijrosi: xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan ilgari berilgan tavsiyalarning bajarilish holati, belgilangan vazifalarning ijrosi va natijalari.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari hamda avvalgi o‘rganishlar davomida bildirilgan tavsiyalarning amaliy ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3