Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

25-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI VA QOZONXONALAR HOLATI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI


🔥 Masalaning моhiyati: Deputat tomonidan “Xidirsho” mahallasida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi va qozonxonalari holati ko‘zdan kechirilganda, maktab hududidagi 4 ta qozonxonaning texnik holati talab darajasida emasligi aniqlandi. Mazkur holat kuz-qish mavsumida maktabni barqaror isitish hamda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun munosib sharoit yaratishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

🛠 So‘rovda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘raldi:

25-sonli maktabdagi 4 ta qozonxonaning texnik holatini mas’ul mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganib chiqish;

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qozonxonalarni ta’mirlash va isitish tizimining xavfsiz hamda barqaror ishlashini ta’minlash;

Zarur mablag‘ va moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda ularni hal etish choralarini ko‘rish;

Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul shaxslar va ijro muddatlarini belgilash;

Amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar natijalari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish.

Ushbu deputatlik so‘rovining ijobiy hal etilishi kuz-qish mavsumida o‘quvchilarning issiq va qulay xonalarda ta’lim olishini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3