Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAHALLADA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati N. Muhsimov tomonidan “O‘tchopar-1” mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.

🌱Hududda obodonlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, hududning sanitariya-obodonlik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish to‘g‘risida”gi qonunchilik talablari asosida hududni yanada obod va ko‘rkam qilish, yashil hududlarni asrash hamda kengaytirish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

👨‍🏫Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan tartibda bajarilishi, shuningdek, ichki ko‘chalarning obodonlashtirilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Slide 1 of 2