Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

EKOLOGIK MASALALAR YUZASIDAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi raisi, deputat Ravshan Yusupov Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etdi.

⚖️Sayyor qabul O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etildi.

👥Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hududdagi ekologiya bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Shuningdek, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 2