Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira O‘ktamovna tomonidan Qatortol mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinmoqda.
Mazkur jarayonda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ishsiz fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlarning muammolariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1