Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati #Sohibkor_MFY

Xalq deputatlari Kengashi deputatlarining nazorat-tahlil faoliyati hamda tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

Мas'ullar mahalla binosida jamlanib, mahalla fuqarolar yig‘inida yuritilayotgan papkalar, murojaatlar daftari hamda sohaga oid hujjatlarni birma-bir ko‘zdan kechirishdi. Jarayonda fuqarolarni qabul qilish tartibi, murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda joylardagi ijro intizomi atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mahalla raisi va mas’ullarga fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahalla hududida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli hal etish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4