Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARI KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARI KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


 

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hududiy Kengashlar kotibiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish, deputatlik so‘rovlari va aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonlari tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning saylovchilar bilan doimiy muloqotini ta’minlash, hududlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2