Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashida doimiy komissiya, ekspert guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda amaldagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
📋 KUN TARTIBIDAGI ASOSIY MASALALAR:
·⚖️ Qonun hujjatlari ijrosi: Tumanda amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda Ilgari qabul qilingan Kengash qarorlarining ijro etilish holati ko‘rib chiqildi;
·📄 Qaror loyihalari muhokamasi: Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan qaror loyihalari har taraflama tahlil qilinib, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar bildirildi;
·👥 Yoshlar va ekspertlar takliflari: Yoshlar maslahat guruhi va ekspertlar tomonidan hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ilgari surildi.
📝 YIG‘ILISH YAKUNI BO‘YICHA:
Muhokamalar va qizg‘in muloqotlar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Pishiq-puxta holatga keltirilgan qaror loyihalari Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun tayyorlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz