Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATIDAGI MUAMMO VA TAKLIFLAR MUHOKAMA QILINDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATIDAGI MUAMMO VA TAKLIFLAR MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿 Bog‘iston mahallasida mahalla yettiligining faoliyati, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaat, taklif va muammolarni o‘rganish hamda ularni amaliy hal etish masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi. Mazkur jarayonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umid Yakubxo‘jayev hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etib, mahalla yettiligi vakillari bilan bevosita muloqot qildilar.

💬 Suhbat davomida mahalla yettiligi faoliyati jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar, murojaatlar, muammo va masalalar, ularni aniqlash, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ijrosini nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.

⏫️ Alohida ta’kidlanganidek, mahalla aholiga eng yaqin bo‘lgan bo‘g‘in sifatida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyida aniqlash imkonini beradi. Shu bois mahalla yettiligi faoliyati davomida shakllanayotgan taklif va muammolarni tizimli ravishda umumlashtirish, ularning sabablarini o‘rganish va zarur hollarda yuqori turuvchi tashkilotlar e’tiboriga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

🖼️ Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Parlament soati” doirasida tegishli vazirlik yoki qo‘mita rahbari ishtirokida masalalar muhokama qilinganda, mahalla yettiligi faoliyatida eng quyi bo‘g‘inda uchrayotgan muammo va masalalarni amaliy misollar asosida ko‘tarish, ularning tizimli yechimlarini muhokama qilish uchun bunday o‘rganishlar muhim zamin yaratishi qayd etildi.

📁 Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi talablari ham muhokama qilindi.

📈 Mazkur qonun talablari asosida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularni mazmunan ko‘rib chiqish, har bir masalaning mohiyatiga kirib borish, zarur hollarda qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, shuningdek, murojaatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Qonunchilikda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha murojaatchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot berish tartibi ham nazarda tutilgan.

📝 Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar bilan ishlashda murojaatlarning har birini alohida o‘rganish, muammoning asl sababini aniqlash va masalani qonuniy tartibda hal etishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bunday muloqotlar mahallalarda aholining muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ularni tizimli masalalarga aylantirmasdan joyida hal etish hamda zarur hollarda qonunchilikni takomillashtirish va amaliyotdagi muammolarni yuqori darajada muhokama qilish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 8