Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida

🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hojiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-sonli Qonuni ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida aholini sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan suv quvurlarini yotqizish hamda qurilish-montaj ishlarining amaldagi talablar asosida tashkil etilishi, ishlarning bajarilish sifati va foydalanilayotgan qurilish materiallarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Nazorat jarayonida ayrim hududlarda shaharsozlik norma va qoidalariga to‘liq rioya qilinmayotgani, qurilish-montaj ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani hamda sifati talabga javob bermaydigan qurilish materiallaridan foydalanish holatlari aniqlandi.
♻️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish hamda ichimlik suvi tarmoqlarini foydalanishga topshirishda amaldagi me’yorlarga qat’iy rioya qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
♻️Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar davom ettirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Kengash kotibiyati tomonidan nazoratga olinadi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 7