Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰 Yoshlar bandligi – e’tiborda

🔰 Yoshlar bandligi – e’tiborda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 14.09.2016 yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J. Norov va R. Murodov hamkorligida “Ibn Sino” mahallasida yoshlar bilan ishlash, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy va daromadli mehnat bilan ta’minlash, shuningdek, bandlik masalasida mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
⚡️Yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va manfaatlarini himoya qilish borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 7