SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALALAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–51-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Bandixon tuman Xalq qabulxonasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✅Jarayon Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, deputat O. Jumayev tomonidan amalga oshirildi.
O‘rganish davomida nimalarga e'tibor qaratildi?
✅Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish holati;
✅Murojaatlar ijrosining o‘z vaqtaligi va sifati;
✅Fuqarolar bilan ishlash samaradorligi;
✅Amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat'iy rioya etilishi tahlil qilindi.
✅O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, ularni Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish masalalari muhokama qilindi.