Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari, ekspert guruhi a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
✅ Yig‘ilish kun tartibidan tuman hokimligining “Tuman mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish to‘g‘risida”gi taklifini ko‘rib chiqish toʻgʻrisidagi masala o‘rin oldi.
✅ Mazkur masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Azimjonovning hisoboti tinglandi. Masala doimiy komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar ko‘rib chiqildi.
✅ Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi a’zolari va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalani navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.