Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

🏘 Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga 16-“Ko‘chkak” saylov okrugidan saylangan deputat B.Qodirov tomonidan Ko‘chkak mahallasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faolining ish faoliyati bilan tanishdi.

👩‍👩‍👧‍👦 O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, xotin-qizlar faolining mahalla fuqarolari bilan ishlash tizimi, murojaatlar bilan ishlash holati, muammoli oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati ko‘zdan kechirildi.

🤝 O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🌸 Maqsad — mahallada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish.

Slide 1 of 3