Xalq deputatlari Mirzo ULug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov tomonidan fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi.
Sayram okrugida turli maishiy chiqindilarni olib chiqish to‘g‘risidagi murojaat deputat tomonidan o‘rganildi. Sayram mahalla yettigi va mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, maishiy chiqindilar olib chiqildi va hudud obodonlashtirildi.