Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🚦 Yo‘l xavfsizligi — deputat nazoratida!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Shaxmayev, partiya tuman Kengashi raisi J.Esonov hamda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mutaxassisi bilan birgalikda navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududdagi avtomobil yo‘llarining holatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida tirbandliklar yuzaga kelayotgan, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlar ko‘zdan kechirilib, YTHlarning oldini olish va ularning sonini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🚗 Har bir xavfsiz yo‘l — inson hayoti uchun muhim! Shu bois yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish va harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari doimo e’tiborda.

“Adolat” — xalq manfaatlari va xavfsiz hayot tarafdori!

Slide 1 of 4